DEV Community

Munisa Kuranbekova
Munisa Kuranbekova

Posted on

Struct haqida ma'lumot

Assalomu aleykum! Bu postda struct haqida tushuncha berishga harakat qilaman.
Struct (structure) bir guruh qiymatlarni o'z ichiga saqlaydigan qiymat turi bo'lib , ularni barchasini birlashtirib turadi. U ma'lum bir darajada class ga o'xshaydi. Ammo ba'zi belgilari bilan farq qiladi.
1) Struct stack xotirasida saqlanadi, class esa heapda.
2) Struct kichik ma'lumotlarni saqlashda qo'l keladi. Masalan, rang , shakl yoki baholar.
3) Classdan me'ros ololmaydi.
4) E'lon qilingandan so'ng o'zgarmaydigan ma'lumotlar kiritiladi.
5) Bir struct boshqa structga nusxa qilinganda uning qiymati ko'chiriladi, o'zgaruvchining o'zi emas.
Struct e'lon qilishning misoli:

public struct Student 
{
private string Name;  // Field
public int Age;    // Field

public string Student(string name, int age)
{
Name = name;
Age = age;
}

public void Display()
{
Console.WriteLine($"Name: {Name}, Age: {Age});
}
}  

Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
Student student1 = new Student("Akbar", 19);
student1.Display();
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Yuqorida ikkita alohida kod yozilgan . Lekin ular bir-biriga bog'liq. Birinchi kod struct uchun yozilgan keyingisi esa shu strictning Program.cs i da yoziladi.
Yuqorida kodning bir qismida field deb yozilgan. Field(maydon) da ma'lumotlar e'lon qilinadi. Ular oublic yoki private bo'ladi.
Structda fielddan tashqari property ham mavjud. Property -filtr ya'ni fieldga tanlab o'tkazish vafifasini bajaradi. Bu get va set orqali amalga oshiriladi. Get biror ma'lumotni olish set esa uni o'rnatish vazifasini bajaradi.

public string Name  //property
{
get { return name;}
set { name = value;}
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Top comments (0)