DEV Community

ismoilov mukhammadumar
ismoilov mukhammadumar

Posted on

C++ :Loops boshlang'ich tushuncha.

Bugun biz C++ tilidagi eng muhim mavzulardan biri — tsikllar (loops) haqida gaplashamiz. Tsikl bu bir xil kodni qayta-qayta yozmaslik uchun ajishlab chiqilgan yechim.Hozirda biz while turlarini korib chiqamiz.

  1. Oddiy while tsikli (The Basic While) Bu tsikl "toki shart to'g'ri bo'lsa, bajar" so'zi singari ishlaydi. Shart eng boshida tekshiriladi va shart bajarilamy qolgungacha ishlashni davom etadi. "If" dan farqi shundaki while shart qondirilmay qolgungacha ishlayveradi.
cpp
int a;
while(shart) 
{
    //Istalgan natija.
    a++; // Agar buni unutib qoldirsangiz, tsikl to'xtamaydi!
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • Agarda biz increment/decrement larni ishlatmasak while to'xtamasdan ishlashni davom etadi.
  1. Cheksiz while (The Infinite While)
  • Ba'zan dasturimiz to'xtovsiz ishlashi kerak bo'ladi (masalan, o'yinlar yoki serverlar). Buning uchun shartni doim true qilib qo'yamiz.
cpp
while(true) 
{
    istalgan natija.

    // To'xtatish uchun 'break' ishlatish mumkin

}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  1. do-while tsikli (Kamida bir marta ishlaydi)
  • Oddiy whiledan farqi — bu tsikl shartni kod bajarilgandan keyin tekshiradi. Ya'ni, shart xato bo'lsa ham kod kamida bir marta ishlaydi.
cpp
int son = 10;
do 
{
    cout << "Salom!" << endl;
    son++;
} while (son < 5); // Shart xato, lekin kod bir marta ishladi.
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  1. Ichma-ich while (Nested While)
  • Tsikl ichida yana bir tsikl! Bu ko'pincha jadvallar yoki koordinatalar bilan ishlashda qo'llaniladi.
cpp
int a,b;
while (shart_1) 
{
    istalgan natija.
    while (shart_2) 
    {
        istalgan natija.
        b++/b--; //shartdan kelib chiqqan holda.
    }
    cout << endl;
    a++/a--; //shartdan kelib chiqqan holda.
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • Nested while da nested if dagi kabi shartlar o'zaro bog'liq bolishi lozim.

Hozirda shu . E'tiboringiz uchun rahmat!

Top comments (0)