*Salom!* Agar siz dasturlashni o'rganishni boshlagan bo'lsangiz, birinchi kodingiz katta ehtimol bilan C++ tilida bo'lgan. Lekin o'sha g'alati so'zlar (#include, std, cout) aslida nima ekanini hech o'ylab ko'rganmisiz?
Keling, ularni "oshxona" misolida ko'rib chiqamiz!
-
include — Retseptlar kitobi
Tasavvur qiling, siz ovqat pishirmoqchisiz, lekin qanday qilib qozonni ishlatishni bilmaysiz. Sizga ko'rsatma kerak.
iostream — bu kompyuterga "ekranga narsalarni chiqarish" va "klaviaturadan ma'lumot olish"ni o'rgatadigan lug'at.
#include — bu o'sha lug'atni kodimizga qo'shib qo'yish buyrug'i. using namespace std;_ — Familiyani aytmaslik qulayligi
Dasturlashda ko'p buyruqlar std (standard) degan oilaga tegishli.
Agar bu qatorni yozmasak, har safar __std::cout deb yozishga majbur bo'lamiz.
Bu xuddi uyingizda hamma "Aliyev" bo'lsa, har safar "Aliyev Ali", "Aliyev Vali" demasdan, shunchaki "Ali", "Vali" deb chaqirishga o'xshaydi.int main() { ... } — Asosiy sahna
Bu — dasturning yuragi. Kompyuter kodni o'qishni aynan shu yerdan boshlaydi.
{ } (Gullik qavslar) — bu dasturning "chegarasi". Kompyuterga: "Mana shu qavslar ichidagi hamma narsani bajar!" degan buyruqdir.cout << "..." — Ekranga chiqarish
Bu so'z "See-Out" (Character Output) deb o'qiladi.
Bu — kompyuterning "og'zi". U orqali dastur bizga gapiradi.
<< belgilari esa ma'lumotni ekranga qarab "oqib borayotganini" bildiradi.endl; - Qator yakuni
Bu "End Line" so'zining qisqartmasi.
Gapingiz tugagach, nuqta qo'yib, yangi qatordan boshlashga o'xshaydi. Shunda hamma narsa bir qatorga yopishib qolmaydi.
Hammasini yig'sak:
cpp
#include <iostream> // 1. Kitobni ochdik
using namespace std; // 2. Qisqa gapirishga kelishdik
int main()
{ // 3. Ishni boshladik! {
cout << "Salom!" << endl; // 4."Salom" deb aytdik va gapimizni yakunladik.
return 0; // 5. Tamom! }
}
Top comments (0)