Dasturlash sohosaini ayniqsa C++ dasturlash tilini o'rganishni boshlayatganlar uchun foydali tushinchalar bilan tanishib chiqamiz. C++ dasturlash tilini bir qancha dasturlarda yozish mumkin. Dev C++, Codeblocks, Cline va hokazolar. dasturlar har xil bo'lgani bilan barchasi bir xil vazifani bajaradi ya'ni kod yozish. Ularni aloqa kompaniyalariga qiyoslash mumkin (Beeline, Ucell, Ums). Ular ham turli xil bo'lgani bilan bir xil vazifa bajaradi, ya'ni aloqa bilan taminlaydi. Beeline da mb ko'p bo'lsa ucell da daqiqa ko'p. Bu dasturlarda ham huddi shunday. Turli xil dasturlar har xil qulayliklari bilan o'zlariga foydalanuvchini jalb qilishni xoxlaydi. Aytaylik qaysidir birida interfeys chiroyli bo'lishi mumkin. yana qaysidadur tushinisga oson qilib yaratilgan bo'lishi mumkin, yoki erinchoq dasturchilar uchun esa 2 ta harf yozishiz bilan shu ikki harf bilan boshlanadigan so'zlar qator bo'lib chiqib keladigan tarzda yaratilganlari ham bor. Hamma o'z hoxishidan kelib chiqib istagan dasturini ishlatishi mumkin albatta. Endi asosiy tushinchalarga o'tsak. qaysi dastur bo'lishidan qatiy nazar dasturni ishga tushirgan vaqtimizda umumiy shunday oyna hosil bo'ladi.
#include <iostream>
int main() {
std::cout << "Hello World!\n";
}
Huddi mana shu ko'rinib turgan ekranni hozir har bir qatorini taxlil qilib chiqamiz. Eng yuqoridan boshlaymiz. #include <iostream>
=> buni biz kutubxonani chaqirish deb nomlaymiz negaligini hozir tushintiraman. Faraz qiling siz judayam katta kutubxonaga kirdingiz va sizga kerakli kitobni qidiryapsiz. Uni oson topib olishingiz uchun kutubxonada bo'limlarga bo'lingan bo'ladi. Agar bo'limlarga bo'linmagan bo'lsa siz u kitobni topib olishingiz amrimahol. Shuning uchun bo'limlarga ajratilgan. Misol uchun 1) Tarixiy kitoblar 2) Badiy kitoblar va hokazo... Endi dasturda ham huddi shunday biz yozgan buyuruqni kompyuter tushinishi uchun men yozayotgan kodlar manabu kutubxonada joylashgan deb kompyuterga aytib qo'yishimiz kerak bo'ladi. Demak kutubxona haqida umumiy tushinchani oldik endi biz chaqirgan kutubxona nima vazifani bajarib berayotgani haqida gaplashamiz. Pastdagi std : : cout << "Hello World!\n";
mana shu qator boshidagi cout buyurig'ini kompyuter tushinishi uchun yuqoridagi kutubxonamiz hizmat qilib beradi. Agar yuqoridagi kutubxonamizni ishlatmasak dastur ishga tushmaydi chunki cout buyurig'ini kompyuterimiz tanimaydi.
Endi hozir yana bir dasturni havola qilaman keyin uni tahlil qilib chiqamiz. Aytaylik 5 kishi ismini ekranga chiqarishimiz kerak. Manabu tarzda :
#include <iostream>
int main() {
std::cout << "Johnny\n";
std::cout << "Jason\n";
std::cout << "Mark\n";
std::cout << "Wone\n";
std::cout << "Leader\n";
}
Ko'rib turganingizdek 5 kishini ismini ekranga chiqarish dasturi turibti. Shu yerda har bir qator boshid std::
buyurig'i turibti. Bu buyuruq barcha input va output buyuruqlari oldidan yozilishi shart aks holda dastur ishlamaydi. Endi o'ylab ko'raylik har bir input, output buyruqlari oldidan bu buyuruqni yozaversak kodlarimiz ko'payib bizga noqulaylik tug'dirishi aniq. Endi buni yechimini qanday qilamiz. Eng yuqoridagi #include<iostrem>
yozilgan qatotning pastiga using namespace std;
buyurug'ini yozib qoysak bo'lgani. Mana bunday qilib:
#include <iostream>
using namespace std;
int main() {
cout << "Johnny\n";
cout << "Jason\n";
cout << "Mark\n";
cout << "Wone\n";
cout << "Leader\n";
}
Mana shundan keyin hech qayerda std::
ni yozishimiz shart emas. chunki yuqorida umumiy e'lon qilib qoydikki qayerda input va output buyruqlari kelsa shu yuqoridagi barchasiga ta'sir qiladi.
Endi keyingi qatorga yuzlanamiz. int main()
bu asosiy funksiya bo'lib dasturning tana qismi shu funksiya ichiga yoziladi. Ingliz tilida main so'zi asos degan ma'noni anglatadi shundan kelib chiqib asosiy funksiya deyiladi. Har bir dasturda kamida 1 ta shunday funksiya bo'lishi shart. Va yana bir ma'lumot biz bu funksiya nomini o'zgartira olmaymiz. Ya'ni int main1 ()
yoki boshqacha shaklga o'zgartirib yozishimiz mumkin emas. Asl holati : int main ()
shu tarzda yozilishi kerak. Va undan keyin e'tibor bergan bo'lsangiz { mana bunday figurali qavs ochilgan va eng ohirida } qilib yopilgan. Bu dasturning boshlanishi va tugashini bildiradi. Sodda qilib atrganda dastur mana shu figurali qavslar ichiga yoziladi.
Keyingi tanishadiganimiz bu cout
bu so'zimizning kengaytmasi (console output) so'zlaridan olingan bo'lib konsulga chiqarish ma'nosini anglatadi. Konsul oyna bu dasturimizning natija ko'rinadigan oynadir.
cout
buyurug'i doim mana bunday 2 ta kichik belgisi bilan birga keladi <<
doimiy birga yozishimiz shart. Undan keyinda turgan "..."
bu qo'shtirnoqlar esa text ni konsul oynaga chiqarish vazifasini bajaradi. Bizning dasturimizda "Hello Worlda!\n"
shaklida yozilgan. \n
bu esa bir qator pastga tushirishni bildiradi hozir misol bilan ko'rsataman.
Mana ko'rganingizdek ismlar barchasi bir qatorda yopishib chiqib keldi endi \n
buyurug'idan foydalangan holda natijani ko'ramiz.
Mana natijada barchasi chiroyli bo'lib alohida alohida qatorlarga joylashishdi.
Va nihoyat ohirgi bilishimiz kerak bo'lgan narsa qoldi bu ;
nuqtali vergul. Bu C++ da judayam muhim. Har bir jarayon yakunlanishi bildirish uchun nuqtali vergul qo'yilishi kerak. Usiz ham dasturimiz ishlamaydi. Menimcha hozirga shu yetarli keyingi maqolalarda yanayam foydali ma'lumotlar bilan bo'lishaman In Sha Alloh. E'tiboringiz uchun tashakkur!!!
Top comments (0)