DEV Community

Muhammadqodir
Muhammadqodir

Posted on

6 oyga yo'q bolib ketdim

Sezgan bo'lsangiz 5-6 oy davomida yo'q bo'lib ketdim. Sababi, dasturlashdan charchagandim. Doim kod, doim ekran — nimadir o'zgarish qilish kerak edi.

Juda introvert bo'lib ketgandim, lekin menga insonlar bilan muloqot yoqardi.

Shu payt qidirib-qidirib sotuv degan kasbni topdim. Buni yana bir foyda jihati, kelajakda mahsulotimni, xizmatimni sota olishim va o'z shaxsiy brendimni qurishda ham, har qanday sohada asosiy narsa bu muomala.

Nutqni ravon qilish, odamlarni tushunish, muomala — hayotda hamma narsa aslida shunga bog'liq.

Bir necha oy shu soha bo'yicha tajribaga to'pladim. Muzokara, mijoz bilan ishlash — bularni ichidan o'rgandim, faqat nazariyani eman.

Endi bu ikkisini birlashtirib olib borishga qaror qildim: dasturlash + sotuv.
Kod yozish bilan bir qatorda, uni qanday taqdim etish, sotishni ham bilish.

Xullas, Come Back to IT!

👉 Telegram kanal — obuna bo'ling

Top comments (0)