DEV Community

Dilbar
Dilbar

Posted on

Nega dasturchi uchun muloqot qilish qobiliyati bo’lishi muhim?

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيم

Dasturchilarda asosan muloqot qila olish qobiliyati kam bo’ladi. Chunki ular insonlar muammolarini hal qiladigan dasturlarni ishlab chiqish, ya’ni asosan kod yozish bilan shug’ullanishadi. Xo’sh, nega unda dasturchilar biror joyga ishga topshirganlarida ularni ishga olishni hal qilishda ularning muloqot qila olish qobiliyatlariga ham qarashadi?

Communication skills


Buning bir necha sabablari bor:

  1. Dasturchilar ko’p hollarda jamoada ishlashadi. Jamoada turli fe’l-atvorli odamlar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Ular bilan til topisha olish, bir-birini tushunib ishlash uchun albatta muloqot qilish qobiliyatlari muhim!
  2. Dasturchi qanday muammoni hal qilishi kerakligi, dasturning talablari va maqsadlarini to’g’ri tushunib olishi kerak. Buning uchun ham muloqot qilish qobiliyatlari muhim. Dasturda nimalar bo’lishi kerakligi haqidagi tavsilotlarni to’g’ri savollar berib, so’rab bilib olish dasturchining mahorati sanaladi. Shunda keyinchalik kelib chiqishi mumkin bo’lgan tushunmovchiliklar bo’lishining ehtimolini kamaytirish, dastur tezroq muddatda hamda muvaffaqiyatli yakunlanishi imkoniyatini oshirish mumkin bo’ladi.
  3. Ba’zan mijoz bilan bevosita gaplashishga to’g’ri kelishi mumkin. O’sha paytda muloqot qilish qobiliyati qanchalik muhimligi bilinadi. Bunda texnik va texnik bo’lmagan nutq o’rtasidagi farqni bilish zarurdir. Chunki qanday turdagi mijoz bilan muloqot qilinishini bilib bo’lmaydi, mijozga o’zini tilida tushunarli muloqot qilish muhimdir.
  4. Samarali muloqot qilish qobiliyati boshqa dasturchilar bilan keng aloqalarni o’rnatishga, sohadagi eng soʻnggi texnologiyalar, oxirgi yangiliklar, qiziqarli loyihalar va turli ish imkoniyatlari haqida maʼlumotlarni olishga yordam beradi. Shu bilan birga ishga oluvchilar bilan samarali munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi, bu esa ular tomonidan ishga tavsiyanomalar olinishiga olib kelishi mumkin.

Xulosa:

Yuqorida keltirilgan bir nechta sabablardan ko’rinib turibdiki, hozirgi kunda dasturchilar uchun samarali muloqot qilish qobiliyatlarini o’zlarining texnik ko’nikmalari bilan birga o’stirib borishlari talab darajasiga aylanib ulgurgan. Dasturchi sifatida yaxshiroq va samaraliroq muloqot qilish uchun faol tinglashni ham bilish juda zarurdir.

Top comments (0)