DEV Community

shoxruxsunnatov
shoxruxsunnatov

Posted on

GitHub bilan ishlash. Birlamchi buyruqlar.

Bilishimiz kerak bo'lgan eng oddiy narsa bu Github'dagi repository'ni yuklab olish, ya'ni clone qilish.

Buning uchun repository'ning link'ini GitHub'dan ko'chirib olish kerak:
Image description
Keyin repository linki orqali clone qilamiz:

git clone https://github.com/shoxruxsunnatov/solution-f.git
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

GitBash yangi solution-f nomli papkaga repository'ni clone qiladi. Endi biz bu repository'ni o'zgartirib qayta jo'natishimiz mumkin.

git status orqali repository'dagi o'zgarishlar haqida ma'lumot olishimiz mumkin.

Repository'ga o'zgartirishlar kiritgach, git add . buyrug'i orqali o'zgartirishlarni git ga qo'shamiz.

git commit -m "Yangi o'zgartirish" buyrug'i orqali o'zgartirishlarga nom berib, saqlaymiz.

git push origin branch_nomi orqali o'zgartirishlarni qaysidir branch ga yuboramiz. git push buyrug'i avtomatik main branch'ga yuklaydi.

Yangi branch yaratish va unga repository ni yuklash

git branch yangi_branch_nomi orqali repository'da yangi branch yaratamiz.

GitBash'ni yangi branch bilan ishlashga o'tkazish uchun git checkout yangi_branch_nomi buyrug'ini kiritamiz.

GitBash ayni paytda qaysi branch'da ishlayotganini git branch -a buyrug'i bilan ko'rish mumkin.

Top comments (2)

Collapse
 
azizbeksalimov profile image
AzizSalimov

Shox

Collapse
 
shoxruxsunnatov profile image
shoxruxsunnatov

ha?